Kishore Kumar Hits

Konsta - Odam bo'lish şarkı sözleri

Sanatçı: Konsta

albüm: Inson


Ba'zan qo'rqaman kimligim unutganda
Qo'rqaman uyg'onmaslikdan g'aflatda tun o'tkanda
Men ahmoq qo'rqmiman ba'zan vijdon uyg'onmasa
Qo'rqaman internetim yo'qolsa, telefon yonmasa
Yolg'izlikdan qo'rqaman счёт'im minusda bo'ganda
O'limdan, chunki yomon yo'lda men usta bo'gandim!
Qo'rqaman счёт bo'sayu, telefonni hech kim ko'tarmasa
Men trek chiqarmasamchi, sen eslab o'tarmisan?
Narxlar bilan oshadi, tashvishlarim
Betda kerakmas Mozart, qadrsiz musiqa, kashvishlarim
Qo'rqaman, musiqam bilan oilam eplolmaslikdan
Xuddi sen qo'rqqaning kabi, trackni bepul olmaslikdan
Qo'rqaman, bu bozorda vijdonni yo'qotishdan
Qo'rqaman, ma'naviy tarafdan oqsash yoki qotishdan
Ko'ngilsiz ablax bo'lmay zabt etilarmi cho'qqilar?
Qanday qilib ham oilamni, ham vijdonni to'q qilay?
Ko'rdim ko'p joylarni, dengizu-sohil
Har xil odamlarni, Zuhroyu-Tohir
Nassib qildi o'qish, ishlash, dam olish
Nassib etdimikin, odam bo'lish?
Bo'ldim uzoqda, bo'ldim musofir
O'zlashtirdim oson har bitta soha
Hohlagan kasbga diplom ham olish
Hammasidan qiyin ekan, do'stim odam bo'lish!
Yolg'izman, lekin necha bor to'ldirdim-ku zallar
Yolg'izman, lekin fan clubimni to'ldirdi go'zallar
50,000 do'st Instagramda lekin yolg'izman, siqilganda
Va yaxshiyam yolg'izman, yiqilganda!
Qanday omon qolish mumkin, dil bilan tilni bir qilib?
Ko'rdim, Farishtalar Iblis bo'ldi, qanotlari qirqilib
Qanchalar qiyin, yaqinlarga doim yaqin bo'lish
Yo'qolmasdan, oilang bilan Xudo bergan haqqini bo'lish!
Qo'rqaman, men ishonchni oqladimmi rasman?
Axir, baksyor, diplomat, yurist, bankir emasman
Har doim urindim ayamni qilish uchun happy
Va baxtli bo'ldim, g'urur bilan deganlarida o'glim rapper
Bu safaram aytolmadim eng muhimin
Konsta rapper bu - bir odammas, bu ancha keng, bu hamma
Bu trekni oldin ham aytgandim, bugun ham aytaman
Bu mavzu hech qachon tugamas
Ko'rdim ko'p joylarni, dengizu-sohil
Har xil odamlarni, Zuhroyu-Tohir
Nasib qildi o'qish, ishlash, dam olish
Nasib etdimikin, odam bo'lish?
Bo'ldim uzoqda, bo'ldim musofir
O'zlashtirdim oson, har bitta soha
Hohlagan kasbga diplom ham olish
Hammasidan qiyin ekan, do'stim odam bo'lish!

Поcмотреть все песни артиста

Sanatçının diğer albümleri

Benzer Sanatçılar