Bu tun menda uyqu yo'q, kutaman quyoshni Balki hammasi o'zgaradi, yangidan boshlab Lekin hozircha osmonni kayfiyati yo'q Yangiliklarni ham hursand qilish niyati yo'q Sal uzoqda boshqalarni ham uyqusi yo'q Ular tomon uchgan raketani tuyg'usi yo'q Sigaretadagi yozuv "Chekish bu — ziyon!" Inson uchun inson ancha xavfliroq bo'lsayam U tomonda boshqa gap, bu tomonda boshqa Arosatda bitta xalq, qo'mondon boshqa Yomonlik avjiga chiqdi, bir yomondan boshlab Shayton mazza qilib, ko'rib yotibdi yonboshlab Kimdir shunchaki do'konga ketgandi qaytmadi Odamlar ketti va uydagilariga aytmadi Vaholanki xech kim bunday ketishni xohlamaydi Bu ishlarni hech qanaqa sabab oqlamaydi Balki zo'r bo'lardi, sevgi haqida yozsam Birgalikda kuylab, dunyo aqldan ozsa Sal uzoqda nobut qildi, insonni inson Aytish naqadar oson! Save my song! Please just be inson I wanna be at home. Is that still my home? Save my song! Please just be inson I wanna be at home. Is that still my home? Ertaga chiqadi quyosh, eritadi qorni Boshqacha tasavvur qilgan edik erta bahorni Kecha orzu-xavasga to'la, bugun bilmas u ertaga bormi? Shuncha maqsad rejalar bekormi? Xaroba bo'ldi kecha darsda o'tirgan maktabi Buzilgan binolar-u shifoxonalari kabi Issiq to'shagini qoldirib, metroda uxlab Shu ahvolda noma'lum yana qancha muxlat Tushuntirib bering, qanday qilib buni oqlash mumkin? Qanday tinchgina uxlash mumkin? 9-mayda ba'zilar xoxlasak qaytaramiz deydi Qanday qilib buni xohlash mumkin? Men bir kichkina odamman, bilganim ham ozgina Balki hech kimga foyda bermaydi bu yozganim Har ikki tomondan, har xilcha tushintirganlar Men uchun haqiqat bu, uyi uchun turganlar Save my song! Please just be inson I wanna be at home. Is that still my home? Save my song! Please just be inson I wanna be at home. Is that still my home? Save my song! Please just be inson I wanna be at home. Is that still my home? Save my song! Please just be inson I wanna be at home. Is that still my home?