To'la hamyonlar Bo'm-bo'sh odamlarda Qalbda isyonlar Vijdoni borlarda Muzlagan qo'llar Bo'm-bo'sh hamyonlarda Muzlagan yo'llar Muzlagan yo'llar Agarda bo'lganida oson Har bir odam bo'lardi inson Agarda bo'lganida arzon Har bir odamda bo'lardi insof Agarda bo'lganda oson Yarim umrim ishda bo'lmasdi hazon Bo'lmasdi qozon, bo'sh kunlar bo'lmasdi hazon Orzular turmasdi arzon, tunlari sarson Hamyonimdagi qog'oz chaqiradi odam Hamyonimdagiga qarab gapiradi odam Yuragimdagi ovoz baqiradi doim Ishonma bu odamlar aldab ishontiradi doim Hech kimga hakam emasman, o'zimdan boshqa Hech kimga xo'jayin emasman, so'zimdan boshqa Meni o'rganmoqchi bo'lsang, ko'zimdan boshla Dunyo yaxshi bo'lsin desang, o'zingdan boshla Hech qanday va'da kerak emas, yonimda bo'l Dunyo qarshi bo'lsa ham men tomonimda bo'l Nima desa ham qo'yvorma uzatganimda qo'l Dunyoda hamma narsani yo'qotganimda bo'l Agarda bo'lganida oson Har bir odam bo'lardi inson Agarda bo'lganida arzon Har bir odamda bo'lardi insof