Sensizin ayshu sururim qolmadi, Yig'lamoqtin ko'zda nurim qolmadi. Ul quyosh yuzungdin ayrulg'on uchun, Qayg'udin zarra huzurim qolmadi. Sayd qildi bizni jayron ko'zlari, Delva bo'ldi jon eshitib so'zlari. Yor agar qilsa inoyat ne ajab, Qulni chun devona qildi o'zlari. Bu ne qoshu g'amzayi ayyor erur? Bu ne shaklu shevau raftor erur? Sizga osondur agar men bo'lmasam, Sensizin lekin menga dushvor erur. TUYUQLAR Garchi qurutmas ko'zumning yoshini, Haq uzun qilsun ul oyning yoshini. Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti, Ne qurug'in qo'yg'usi, ne yoshini. Necha dedim:"Ul sanamg'a bo