Kishore Kumar Hits

Rayhon - Ko'nikmadim şarkı sözleri

Sanatçı: Rayhon

albüm: Javob ber


Rayhon]
Orzular, qayg'ular
Negadir birga yonma-yon turar,
Bilmaysan goho qayda baxt, qayda g'am,
Yuragim kechiraverar, bu qolar alam.
Negadir senga talpinar yurak,
Sen esa qaydan ham bilarding?
Nima o'zi dard yoki xiyonat,
Vujudim tilkalagan betinim hasrat?
Egallagan sevgi qafasi,
Unda men yolg'izman hamon,
Chegarasini ko'rmay ezilar yurak yomon.
Mehringni his etay va uzoqlarga ketay,
Bir bora tushlarimga endi kel, kel.
Yuragim, hislarim
Nega sendan voz kecholmas,
Nega seni unutolmas?
So'zlarim, ko'zlarim
Sendan o'zgani ko'rishga,
O'zgani sevishga ko'nikmadi.
Ko'nikmadim...
Nega ko'zlaring meni aldar?
So'zlaringda esa o'zga xayollar.
Balki yuraging endi mendan kechar,
Negadir so'nggi payt shuni o'ylayman faqat.
Bo'ysunmas, senga talpinar yurak,
Sen esa qaydan ham bilarding?
Nima o'zi dard yoki xiyonat,
Vujudim tilkalagan betinim hasrat?
Mmm, meni bundan halos et,
Ikkimizga ham qolmasmu armon?
Balki men bunga ko'nikolmadim, ammo
Mehringni his etay va uzoqlarga ketay,
Bir bora tushlarimga endi kel, kel.
Yuragim, hislarim
Nega sendan voz kecholmas,
Nega seni unutolmas?
So'zlarim, ko'zlarim
Sendan o'zgani ko'rishga,
O'zgani sevishga ko'nikmadi.
Ko'nikmadim...

Поcмотреть все песни артиста

Sanatçının diğer albümleri

Benzer Sanatçılar