Kunlar o'tgan sari so'lib borar edim Qaytishingga ishonib she'rlar bitar edim She'rlarimda ikkimiz eng baxtlilarmiz Hayotdagi eng go'zal taqdirlarmiz Afsus, bular oddiy qog'ozga bitilgan she'rlar Hayotda eslamaganiga bo'ldi anchalar Qanchalar sog'inganimni bilsa edi Qay ahvolga solib ketganini ko'rsa edi Kuta-kuta she'rlarimni suvlarga ag'darib yubordim Bir kun keladi degan umiddan tondim Oxir ishondim qaytmasligingga Jonim, inondim yog'onlaringga Alvido, ko'zimda yosh, bag'ritosh Sen eding bag'rimni yoritib turgan quyosh Oramizdagi ishonch qayda qoldi! Tunlar dil sog'inib o'tda yondi Sog'ina, sog'ina, sog'ina Osmonlarga qaradim ovuna Yulduzlar menga taskin beradi Unutarman og'rina, og'rina Og'rina, og'rina, og'rina Osmonlarga qaradim ovuna Yulduzlar menga taskin beradi Unutarman sog'ina-sog'ina Alvido, bo'ldi tamom, ko'ngil ishon Endi u qaytmaydi hech qachon Tugadi sevgi sahifasi, qalbimning rishtasi Mani tark etdi - yuragim farishtasi Sanga ishonar edim jonim Ishonchimni ustida izlaring janonim Qaysi qilgan aybim uchun o'girding yuz? San bilan suhbat qurgim kelganida yuzma-yuz Sur'ating bilan sirlashib yotar edim afsus Savollarimga javob qolaverar edi Kunlar o'tgani sari u mani unutar edi Yurak sezar edi, bari bo'ldi tamom Har tong uyg'onganimda sog'inch azobidan to'kilaman O'sha menman - sariq hazon Osmon, jondan sog'inganimni kimga aytay? Atrofimda do'stdan ko'ra dushman talay Go'yo u ham menga dushmanday Sog'ina, sog'ina, sog'ina Osmonlarga qaradim ovuna Yulduzlar menga taskin beradi Unutarman og'rina, og'rina Og'rina, og'rina, og'rina Osmonlarga qaradim ovuna Yulduzlar menga taskin beradi Unutarman sog'ina sog'ina