Jonimni so'ragin, men beray Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab Jonimni so'ragin, men beray Ammo sen ketmagin, meni yolg'iz tashlab So'nggi bor, so'nggi iltimos Ket, qaytma, eslama biroz Yuragim tilkalayverma Dardimga dard qo'shib yana Endi bu sevgidan emas Nafratdan olamiz nafas Afsus, biz endi do'st emas Sensizman, atrofim qafas Qalbimni dard qiynayverar Sen yo'qliging sababmi bu? Yuragimni ezaverar Mahzun tun qandaydir qayg'u Dardingga dard qo'shaverar Yolg'izlik seni yeb borar Eslayman so'nggi so'zlaring Yuragimni ezaverar Jonimni so'ragin, men beray Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab Jonimni so'ragin, men beray Ammo sen ketmagin, meni yolg'iz tashlab Ha, menga oson emas, sen kabi bo'lolmadim Sevgimizni senchalik oson unutolmadim Bu yolg'on ko'zlaringda o'zimni topolmadim Urundim, unutdim, lekin voz kecholmadim Kunmi, tunmi farqi yo'q – sensiz onim bemazmun Bir kun ayriliq dardi tubsiz ummondek uzun Ko'zlaringda g'arq bo'lgan o'zligimni sen qaytar Kezaman telbadayin bu dunyoda darbadar Yurak der: "Unut uni" Qalbim lek eslar uni Yurak der: "Unut uni" Qalbim lek eslar uni Jonimni so'ragin, men beray Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab Jonimni so'ragin, men beray Ammo sen ketmagin meni yolg'iz tashlab Jonimni so'ragin, men beray Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab