Begona bir shahar Yolg'izlangan xona Yig'laydi tong qadar Qaytishiga ishonar Yuragiga sig'mas Kipriklar namlangan Nahotki u emas? Nahot u aldangan? Yig'lardir zora-zora Yolg'izlikdan bechora Umidlar birma bir So'nib borar tobora Qayg'ularning cheki yo'q Savollarning oxiri Nahotki shu bo'lsa Sevganning taqdiri? Nimadandur ovunasan Halovating bilmaysan Keyin o'ylayverib yig'laysan, tinmaysan Qarasang o'zingga, o'zing emassan nega? Bir qanoti singan qush turar aksingda Yaralangan bir qanot Bilan uchar bir qushcha Buncha taqdir bevafo O'ksib yig'laydi qizcha Yaralangan bir qanot Bilan uchar qaygacha? Bu qilmishing albat O'zinga qaytadi yigitcha! Faqat yig'lama qizcha! Begona bir shahar Yolg'izlangan xona Yig'laydi tong qadar Qaytishiga ishonar Yuragiga sig'mas Kipriklar namlangan Nahotki u emas?