Yuragimda bu ko'pdan beri yashaydi g'alati bir tuyg'u Misoli bir ko'zgu Paydo bo'ldi to'satdan intilish Armon ezgu Hayratda qoldirdi mani bugungi kundagi orzu Nima kerak? Nima kerak emas? Ziyoni, foyda masalasida o'ylab korib qadam bosish Xabar olish... Xabar berish deganday harakatlarni asos qilish Hayronman, negadir yolg'iz qolganimda xayollarimga qo'yolmayman chegara O'zim-o'zim bilan hamisha ovora Savollarim yeru-osmon, lekin uning hech biriga javob topa olmay bo'ldim-ku ovora Umrim boyi ko'rganimdan hayratdaman Hali ko'radiganim ham go'yo ertak, bir afsona Ketarman hayrona Bardosh berib har bir holatimga shamolga qarshi mardona Yig'lar osmon, yig'lar qalbim Bilmayman nechun Yig'lar osmon, yig'lar qalbim Nechun? Oh, ne uchun? Yig'lar osmon, yig'lar qalbim Bilmayman nechun Yig'lar osmon, yig'lar qalbim Nechun? Oh, ne uchun? Har soat, har soniya Yaxshilikni gumon qilib, borimga shukur qilish bilan kuzataman hayotning namoyishini Har bir yozgan kunini Albatta, xomush holatsiz, yuraklardagi mashaqatsiz dono bo'la olmas hech kimsa Hali ham jonni bedavo holatga keltiradigan fojiaviy... Voqealarga bardosh bera olsa, agarda bo'lsa qani? Og'riganda dil birovning tili tufayli Unutib ham kechirsa To'rt tomonim olam, to'xtab qolar nafasim bir dam Tebranib dam-badam topmadim malham! Xursand bo'ladigan bo'ldim man kamdan kam Oqadi ko'z yosh, sababini bila olmadim Mani tinglagani topilmadi sirdosh! Hamma narsalar yetdi poyoniga Yondi, kuydi, bitdi quvonch Lekin, o'lmadi ishonch... Yig'lar osmon, yig'lar qalbim Bilmayman nechun Yig'lar osmon, yig'lar qalbim Nechun? Oh, ne uchun? Yig'lar osmon, yig'lar qalbim Bilmayman nechun Yig'lar osmon, yig'lar qalbim Nechun? Oh, ne uchun?