Muhabbat, bormikan undan davo Una bir a'zo, na bir hato, agarda qilsa mubtalo Holating aniq yuz tuban g'aribu gado Na bir ihlos qoldi, na bir nafsingni hojatiga ahamiyat Hamma narsa bitib bo'ldi ado Yuragimni makonu honadon qilib oldi ming dardu balo Honavayronman, ko'rindi asli yuzida natijalar Derazamning ortidan u darbadari bemakon yig'laydi bulutlar So'ndi orzular, to'htatildi marralarga intilish kabi harakatlar Tuyg'ularing bilan bog'langan sifati Jamil Misoli Layli bilan ko'mildi hayollar Majnuni Qays bo'ldim, man misoli Karbalo Ufuqdagi yomg'irlarga borib qo'shildim guyo-ki sabo Mano Majnunman, qayerdadur Layli Qayerdadur Layli... Yo'qdur, hatti harakatimga javobim yo'q Yo'llarimda hoqsor iroda-yu toqatimga ishonchim yo'q O'ldi kibri havo, bekindi borliq ortida, kamina-yu shahsiyat Bo'ldim ahli salomatdan ahli malomat Sevgi nima o'zi u? kim biladi? o'rganilmadi ohiri nazorat Muhabbat bu o'ziga yarasha yuraklardagi bir kichik ohirat, to'la nadomat Yanada, jismingda yahshi yoki yomon iz bo'lib qoladigan ming asorat Muhabbat bu bemorlig-u bedorlik, ochiq oydin haqiqat Kechalari giryonlik Tuyg'ularing bilan bog'langan sifati Jamil Misoli Layli bilan ko'mildi hayollar Majnuni Qays bo'ldim, man misoli Karbalo Ufuqdagi yomg'irlarga borib qo'shildim guyo-ki sabo Telba Majnunman, boru yo'g'im Layli Boru yo'g'im Layli.