Olamda o'zgarish bor, lekin qalbimda bir hol, yurakda bir fasl qish Har bir ishda malol, Azali yo'q hamda oxiri ko'rinmas yo'l, lim zulmu zavol Istak sari hayotimning tarkibidagi, Dardu g'am bilan arang qo'zg'alaman manzillaringa Yarim qalb, o'ksigan ko'ngil bilan intilaman visolinga Ko'zlarimning teranligida o'zga sayora, unutdim qay zamon, qaysi vaqt Harakatim soddai-rasvo bo'lish davogarligida Bilaman-ki, na bir taxt, Na bir baxt bor maning uchun o'zingsiz, Yozdim man, kuydim ham, yuz parchaga bo'lindim Butun umr izlaganim uchun ham, Nimani ko'rsam ham uni o'zing deb bildim Har vaqti sahar uchrashgani tayyor turaman beor, bedor va beozor So'zlagin aniq muntazirman, man o'zim deb emas, o'zingni deb yashayman Har vaqti sahar ko'zdan oqqan Tomchilarimni sanab, kaftimga tavbalarimni chorlab Oqaman suv kabi behol, bir qarab kuydiradigan zar nazaringni tilab Hayollarimdan o'tadi ming hil sodir bo'lishi mumkin bo'lgan hodisa Qalam yozar kunduzu oqshomimdagi nolalarimni, maning misoli qalandar Hayotim dunyoning orzu havaslaridan holi Bo'lgan bir g'amgin asar, negadir eshtilmaysan Bemor holimni so'ragani keldi hamma, Faqat o'zing kelmading holimni so'rab, nega? Vaqt o'tar ketar Ko'zlarim bedorligi bo'yi tonglarim otar So'zimda bugunda faqat g'amginlik Bo'sini borida-borida negizi cheksiz mamnunlik Talpinaman, Yorim ko'pdan-ko'pi kamida, jami son-sanog'i yo'q to'siqlarni Topaman deb surdim qo'llarim bilan bulutlarni Topdim faqat yulduzlarni Undan ortig'i emas Mayli gardanimga ilinsin olamlar og'irligi Man axir roziman, jamoling bo'lsin evaz Esim pas emas, faqat yolg'izlikdan ba'zi tomim ketar Nari borsa holim battar Iltimos qilaman qo'lim tinmay yozgan Xatlarimga, to'xtamay chorlaganimga, ah Or qilmay so'ragan so'rog'imga Rasvoligimdan o'tib nazar sol Nazar sol!