Twenty four... U hear me man i'ma livin in a danger, i'ma mista flanger Haridori mana hatarning, agarda kelmasa omadim undan ham battarning Olam, qoplandi bulut bilan unda to'la g'am Man bekinaman tahmindan, kutilmagan mehmondan Adrenalimni kuydirib haroritimni oshiradigan vaziyatdan Qorong'u ko'chadagi egri hol zulmatdan Bo'lari bo'lsina endida yo'qotadiganim yo'q Yuragimni nazarimda ko'zlaydi halida otilmagan o'q Kim biladi bugunda borman masalan ertaga yo'q Kun davomida butun umring o'tari ehtimoliga qarshi doim tayyor tur Holasang o'ylanu holasang-u davr sur Natijada yig'laydi ko'zlar emas qalbing Joyidan ko'chadi, tinchimagan hayoling 24 soat butun umrimga teng 24 soat dunyo bir tor bir keng Ulgurdim ulgurmadim, nari borsa holim I'ma dead man, then i'ma dead man twenty four... twenty four... twenty four... Ortimni ko'rganimni ko'rmadim endida ham Qanchalik urunganimda ham o'tmishda qilingan hatolarimni Qaytarmasligimdagi harakatim bermadi hosil Quvmadim, quvildim quvvatim etmagani bo'ldi zil, Yaralganim shu asil, behazil Millimetrli hayotdagi o'zgarish umuman boshqa yo'llarga Solib sarson qilishi rost man, hayol emas Tezligimni hamma masala bo'yicha oshirishim kerak, Vazifalarim ohiriga yetqazish uchun Yashashga ulgurish uchun, rozi rizoligi minnatdorchilikni Vijdon bilan ustimga libos qilib kiyish uchun Yaqinlarimning ko'zlariga boqib turib tabassum qilib so'zlarimni Aytib qolish uchun, shoshilim kerak Uyog'i nima bo'lsa ham bo'ldi, jim 24 Butun umrimga teng 24 Dunyo bir tor bir keng Ulgurdim ulgurmadim, nari borsa holim I'ma dead man, then i'ma dead man twenty four... twenty four... twenty four...