Ko'kka boqib urgim kelar faryod har yod olganimda uni Degim keladi dod, nega hayot barbod Nahotki umrbod endi o'zga bir zot etadi shod yorni? Yaxshisi qurol bilan kelgin yuragimga ot mani! Ko'ksimni ochdim Sevgim qancha begona nigohlardan olib qochdim Birov biror so'z deya ko'rsa jahlimni sochdim Qaysi xato uchun bunday jazolamoqdasan mani? Mutloq g'olib bildim sani Yutug'ing nishonla qani Yana qil tantana Axir mani hammani judo etdib tanam Mensiz go'zal sanam Ketdi tanlab o'zgani Tashvishdaman o'ylab uni Uni esa yuzlarida tabassum Shudir alam qilgani! Lalli labli, nozik tabli Lazzat gapli etdi jabr Bilmay sabr Bilmay sabr Derdi: "Habibi zorimsan" "Guvoh Rabbim, san borimsan!" Nechun unda so'zla suluv Endi begona yorimsan? Lalli labli, nozik tabli Lazzat gapli etdi jabr Bilmay sabr Bilmay sabr Derdi: "Habibi zorimsan" "Guvoh Rabbim, san borimsan!" Nechun unda so'zla suluv Endi begona yorimsan? "Mayliga roziman" deyman taqdir chaqtir chaqmog'ing boshimga toshlaringni yog'dir Axir, faqat taxir hamda bir xil yashayotgan hayotim rim bo'ldi, bilganing qil Yetar, sabr tugadi, endi baribir chiqti jahl! Istaysan ne qilishimni, sevgan kishimni Iliq mehrla isitgan qahraton suvuq qishimni Ishingni qara qilgan zo'rg'a tishimga tishimni Qo'yib, kuyib chidayman yorim tark etdi og'ushimni! Baxtga to'lgan qalb ayni damda endi dardi g'amdir Badanda, tanda og'riq chunki nimadurlar kamda Alamda, alamim olaman qo'limdagi qalamdan Olamda yolg'iz qoldim, ayrildim u go'zal sanamdan! Bas ortiq qaltis hazil-huzurlaring qilaverma Hazilni tagi zil bag'rimni tilaverma Undan ko'ra yaxshilik qil, ustimdan kulavermay Yaram tuzlab beshavqat bo'lavermay Lalli labli, nozik tabli Lazzat gapli etdi jabr Bilmay sabr Bilmay sabr Derdi: "Habibi zorimsan" "Guvoh Rabbim, san borimsan!" Nechun unda so'zla suluv Endi begona yorimsan? Lalli labli, nozik tabli Lazzat gapli etdi jabr Bilmay sabr Bilmay sabr Derdi: "Habibi zorimsan" "Guvoh Rabbim, san borimsan!" Nechun unda so'zla suluv Endi begona yorimsan?