To'ylar muborak, baxtli bo'lgin albat
Sevgan yoringga munosib bo'l faqat
Menga esa sabr-u toqat tila
Axir, mening yuragim qonga to'la
Achiq hayot, dil esa benajot
Bevafolarning dastidan voy-dod!
Ketar bo'ldim, man uchar bo'ldim
Osmonlarga man ketar bo'ldim
Bir qaraganda armonsizdaymiz
Ammo yurak dodiga biz chidaymiz
Yarangizni yangilash yo'q niyat
Buni barchasi oddiy haqiqat!
Kimdnidir yonida yor-dilbandi bor
Ammo, ular zarra mablag'ga zor
Kimnidir davlati, qudrati zo'r
Unga topilmas bir merosxo'r
Achchiq hayot, dil benajot
Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod!
Achchiq hayot, dil benajot
Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?
(Shudir nahot?)
Mana bir misol: baxtim topdi zavol
Sevib so'ng kuyib, bo'ldimku behol
Muhabbatning qudratin anglamasdan
Boylikga uchding-ketding o'ylamasdan
O'zgani davlati senga changal
Nahotki insondan oltin afzal?
Odamlar borin pulga qaratgan
Pul insonni emas, inson pulni yaratgan, o'v!
Achchiq hayot, dil benajot
Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod!
Achchiq hayot, dil benajot
Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?
(Shudir nahot?)
Nolimayman, nolish gunoh erur
Avvalo zamin uzra man, borimga shukur
Balki bu sinov, unda yo'q ayov
Inson umidi yonadi go'yoki olov
Halol nima, harom nima ajratolmasdan
Yolg'ondan, uyalmasdan, insofin ayamasdan
Dunyoda odam yashar, bir-biridan talashar
Gunohim nima deb yana uyalmasdan so'rashar!
Achchiq hayot, dil benajot
Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod!
Achchiq hayot, dil benajot
Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?
Armon-armon, ketidan esa darmon
Kelavermas sira, a, nega unaqa?
Oradan bir necha oy, vaqt o'tarda ketar
Bag'rimni yaralab telefon jiringlar —
"Asalim, sog'indim, ko'rishaylik" devossan
Axmoq, qaysi dard bilan bezovtalanasan!?
Endi seni ering bor, san bo'lajak ona!
Hech bo'lmasa vujudingdagi bolangni o'yla!
(Achiq-achchiq, achchiq-dardli hayot)
(Shudir nahot?)
(Achiq-achchiq, achchiq-dardli hayot)
(A-a-a...)
Поcмотреть все песни артиста