Ko'zimga ko'rinmaydi o'zingdan o'zgalar Shom-u sahar tinmaydi qalbimda nolalar Ozdim ishqingda, devona bo'ldim ozori jonim Benatija holimni oxir yengar qayg'u Unutdim bu olamni, so'nggi so'roq ezgu Sensiz netaman oltin tog'larni, ozori jonim? Angladim, oxiri keldim meni aqli malomat Vaslingni maqsad qildim, yo'q bo'ldi halovat Kel yuragimga karomatingsiz, so'nmoqda jonim ♪ Yuzlarimni namlaydi ko'zdan ortgan dardim Ne kuylarga jamlaydi taqdir nomli taqdim Qodirim egam sol nazaringni, so'nmoqda jonim Angladim, oxiri keldim men aqli malomat Vaslingni maqsad qildim, yo'q bo'ldi halovat Kel yuragimga karomatingsiz, so'nmoqda jonim Angladim, oxiri keldim men aqli malomat Vaslingni maqsad qildim, yo'q bo'ldi halovat Kel yuragimga karomatingsiz, so'nmoqda jonim ♪ Kunlarim yorishmaydi, tunlarim zim-ziyo Xayolimdan ketmaydi o'zingday dilrabo Ko'nglim har nafas bir mamnun, bir xun talabim ohim Benatija holimni oxiri yengar qayg'u Unutdim bu olamni, so'nggi so'roq ezgu Sensiz netaman oltin tog'larni, ozori jonim? Angladim, oxir keldim men aqli malomat Vaslingni maqsad qildim, yo'q bo'ldi halovat Kel yuragimga karomatingsiz, so'nmoqda jonim