Mobila qo'limda asta sekin raqamni terdim (Alo) Uzoq gudokdan keyin javob eshitdim Jimlik kuyini chalardim bir necha soniya Bizdan yiroqda edi uzoqda garmoniya Dialogni men ochdim, u esa davom etdi Uchrashuv belgiladik, ozgina vaqtlar o'tdi Tuyg'ular esdan chiqqan, ozgina o'tirdik biz O'ylanardik ikkimiz, sevgidan qolganmi iz?... Unda yangicha hayot, o'zgacha bir maniya Men bilan Toshkent bo'lsa u bilan Ispaniya Meni ustimda soddagiya mayka, uchi? Boshidan oyog'igacha Prada, Rolex, Gucci Seni yaxshi tushunaman men bilan nima ko'rding? Befoyda she'rlarimmi? Sanoqdagi har bir tiyin Jaxldagi qichqiriq, sevgi izhor shu halos Intilib kutganingda olarding doimo oz U esa boshqa dunyo Quruq gap gapirmaydi Jaxlda baqirmaydi Pulda maydalashmaydi Men kelardim sovg'asiz, u esa gullar bilan Sevgim bilan ko'mardim, u esa pullar bilan Boshingni qotirma, mayli, o'zi shundoq ham ayon Gaplarim yolg'on bo'lsa men ham qilmasdim bayon Unda audio to'rtinchi, yonida valyuta ko'pincha O'tmishni esdan chiqar, mana endi prestij ham Bir kun kelib ko'rasan, aslida xato qilding Sevgi pulga sotilmas, muhabbatni xor qilding Baxt degani pulmikin? Deya ikkilanaman O'z yo'lingni tanladingku men nima qilaolaman?! "Yo'q, unda daryo pullar", shivir aytib qo'yasan "Sevgi qiziqtirmaydi", deya javob berasan O'ylanib ko'rgin bir bor, haliyam imkoni bor Sen esa jimlik saqlab birdan solib ketting dod Yana o'sha isterika, yana o'sha panika Go'yoki sen farishtayu, men aybdor bariga (A?) Qo'ldagi mobila sindi, sochilib ketti tekila Ovozing g'azab bosib yana o'sha eski gap Ko'zlaringga yosh olib, "Qara e'tiborsiz sen Hayotda mazmuning yo'q, lazzatsiz hayot" deding (nimaa) Hali men aybdormanmi boylikka sen o'ch bo'lsang Seni ko'tarolmayman, "Jim bo'l", ovozing o'chsin... Tomchilar tushgan ko'zingdan, g'azab tushmagan yuzingdan Birdan tugadi bu dramma, uyma-uy ketgandi hamma Aybsiz ikkalamiz, shunchaki turlimiz biz Senga baxt pulda bo'lsa, menga edi ikkimiz...