Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz, Yana qancha umr oldinda kutar. Sevgi bisotida bebaho, tengsiz, Bir lahzalik visol bizni ovutar. Yulduz misol yondik, oy kabi to'ldik, Tole tilab zor-zor qoldi bu qo'llar... Biz bitta yurakka aylanib bo'ldik, Ikkiga ajralmay tursaydi yo'llar... Umr - shirin qo'rquv, kechmas behadik, Sog'inch sovg'a bo'ldi taqdirimizga, Bizlar birga bo'lish uchun sevmadik, Shunchaki yoqqandik bir-birimizga. Ammo g'am chekmoqlik bo'ldi-da tengsiz, Bu yurak sog'inchni kaftida tutar. Kunlarim sensizu tunlaring mensiz, Yana shuncha umr oldinda kutar. Yulduz misol yondik, oy kabi to'ldik, Biz bitta yurakka aylanib bo'ldik... Kunlarim sensizu tunlaring mensiz, Yana qancha umr oldinda kutar. Sevgi bisotida bebaho, tengsiz. Bir lahzalik visol bizni ovutar...