Kunduzi mazqarabozman, xazil men uchun bari Yolg'iz qolib o'zimdan nafratlanaman tunlari Yoshligim o'tyapti deb boramiz kundan-kun qarib Chekish o'ldiradi lekin menga bu tutun zarur Bu shaxarim qotil, orzularimni o'ldirmoqchi Miyamni bo'sh qilib, bo'sh qozonimni to'ldirmoqchi To'rt tarafing qibla, lekin uchta yo'lda soqchi Hamma ishongani ertaga, a ertaga aldoqchi Bilmayman nima kutadi oldinda To'rtta devor yoki koshonalar oltindan Vijdon bilanmi? Yo to'la hamyon bilanmi? Biron narsa deb bo'miydi oldindan Qo'rqasan odam, qo'rqasan odam Aytchi sen qachon to'yasan odam? Biron narsa deb bo'miydi oldindan Nega o'zingni xudo ko'rasan odam? Mayli ko'p, mayli ko'p sinovlari bo'lsin Mayli xo'p, mayli xo'p dushmanlarim kulsin Mayda bu, mayda bu qadamlarim bosib Yetaman orzuga baribir bo'laman munosib Mayli ko'p, mayli ko'p sinovlari bo'lsin Mayli xo'p, mayli xo'p dushmanlarim kulsin Mayda bu, mayda bu qadamlarim bosib Yetaman orzuga baribir bo'laman munosib ♪ Do'stim menga quyma, men o'ylashim kerak Bu g'irromchi hayot bilan men o'ynashim kerak Men yutishim kerak, 100 foiz yutishim kerak Orzularimni ob qo'yshiga yo'l qo'ymasligim kerak Onam bugun kutmang, men ketishim kerak Juda uzoqdagi maqsadga yetishim kerak Men yutishim kerak, 100 foiz yutishim kerak Bilmayman nima bor, lekin borib ko'rishim kerak Yuragingdagi so'ngi nur o'lmaydi butkul Tugadi bir - tugadi kun demagin har tun Hayotingdagi hamma tunni dardi bir tun Yangi kun, hayot bo'lar uzun Olov bo'lib yonadi qalbingdagi uchqun Uch oylik qish o'tib ketadi xuddi uch kun Jilmaydi san qidirgan bulut Bu yorug' tun endi san uchun Mayli ko'p, mayli ko'p sinovlari bo'lsin Mayli xo'p, mayli xo'p dushmanlarim kulsin Mayda bu, mayda bu qadamlarim bosib Yetaman orzuga baribir bo'laman munosib Mayli ko'p, mayli ko'p sinovlari bo'lsin Mayli xo'p, mayli xo'p dushmanlarim kulsin Mayda bu, mayda bu qadamlarim bosib Yetaman orzuga baribir bo'laman munosib