Ey do'st qara san bilan Ne kunni ko'rmadik Ba'zida yutqazdigu Ko'pincha yengilmadik Ravon bo'lmagan bu Sinovli hayot yo'lida Lekin hech kim oldida Boshimizni egmadik Hamrohlar ko'p edi Omadimiz kelganda Parvozlarimiz osmonlarga Qadar yetganda Hamma yuzini ko'rsatdi Mana oxirida Do'st qara o'tib ketibdi Necha yillar Bosib o'tdik birga Qanchadan qancha yo'llar Ba'zida xursandchilik Ba'zida mahzun tunlar O'rtamizga tushmoqchi Bo'ldi shaytonga qullar Og'ir kuningda bilar ekansan Kim kimligin Holinga qarab turib Oshkor etar kimligin O'zingni qo'lga ol Taslim bo'lma bu dunyoga Ezgu niyatlar aylanar Albatta ro'yoga Do'st bu sinovlarga Aslo yengilma do'st Aslo yengilma do'st