Yuzimga nur sochgan quyoshim onam Qalbimga nur sochgan quvonchim onam Dard cheksam bolam deb boshimni silab Yonimda kulib keyin yig'lagan onam To'ydim tashvishlardan G'iybat mish-mishlardan Yuring aylanamiz Olib beray zo'r ro'mollardan To'ydim yolg'onlardan Soxta insonlardan Bor bo'lsangiz voz kechdim Bu yolg'on dunyolardan Yuragizda dardlariz ko'p Farzand bo'lib sezolmadim Bolamga men mexr berib Sizdek ona bo'lolmadim Qancha tikan bosib o'tgan Izlaringiz bosolmadim Onam, sizdek bo'lolmadim onam Kim yana kimdan o'zar Oyog'ingni chalib buzar Jim qaraysan atrofinga Do'sting kulib sendan o'zar O'rningizni bosolmaydi hech kim Mexribonim onam To'ydim tashvishlardan Aysh-u ishratlardan Yuring aylanamiz Olib beray zo'r ro'mollardan To'ydim yolg'onlardan Soxta insonlardan Bor bo'lsangiz voz kechdim Bu yolg'on dunyolardan