Ataylab, e ataylab kech keldim bugun Yorim xafa bo'larmikan deb Yuragida bormi deya tugun Qaydaligim so'rarmikan deb Astagina o'zim oldim-o Boshdan-oyoq nazar soldim-o Shubhaga ham borib qoldim-o Mani yaxshi ko'rarmikan deb Rashk qilasanmi? Qizg'onasanmi? Sevgida manchalik yona olasanmi? Rashk qilasanmi? E, qizg'onasanmi? Yo manga shunchalik ishonasanmi-ey? Har mahal erkalab, "oyim" desam Ro'zg'orim, ham uyim-joyim desam Ko'nglingni bilmoq uchun ataylab Yolg'ondan bor bitta xatoyim desam Rashk qilasanmi? O', qizg'onasanmi? E, balki yurak dardim bilmaysan-ey Bilsang ham yo siring bermaysan-ey Jo'rttaga egnimdan tola soch topib Mazza qilib to'polonlar qilmaysanmi-yey? Rashk qilasanmi? Qizg'onasanmi? Sevgida manchalik yona olasanmi? Rashk qilasanmi? E, qizg'onasanmi? Yo manga shunchalik ishonasanmi-ey? Istagim – yo'limga bo'l intizor Rashkning ham sevgida quvvati bor Beparvolar bo'lib, o'ynab-kulib G'aflatda qolmagin, deyman nigor Rashk qilasanmi? Qizg'onasanmi? Sevgida manchalik yona olasanmi? Rashk qilasanmi? Jonim, qizg'onasanmi? Rashk qilasan-ey, qizg'onasan, rostini ayt! Rashk qilasanmi? Qizg'onasanmi? Sevgida manchalik yona olasanmi? Rashk qilasanmi? O'zi qizg'onasanmi? Yo manga shunchalik ishonasanmi? Yo manga mandan ko'p ishonasanmi? Ataylab kech keldim bugun...