Ma uchun ko'zlaringda yosh, Qaysi nomard yig'latdi sani? Qaysi nomard yoshingni to'kib, Xastalikka yo'latdi sani? Qo'y yig'lama, yig'lama, ey qiz, Sen yig'lasang, yig'layman men ham. Ikkimizga yetar hozircha Qalbingdagi qayg'u bilan g'am. Ikkimizga yetar hozircha Qalbingdagi qayg'u bilan g'am. O'sha nomard – yig'latib qo'ygan, Yor qadrini qaydan ham bilsin? Qiz bolaning dilin bilmasa, Yor mehriga zor bo'lib o'tsin. Qo'y yig'lama, maning jon singlim, Dunyo o'zi shundoq ham bir kam. Ikkimizning baxtsiz yuraklar Bir-biriga bo'lishsin malham. (O'-o'-o'o', o'-o'-o'o', O'-o'-o'o', o'-o'-o'o', O'-o'-o'o', o', o', o')