Kuldimikan, armonlarim kuldimikan, Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan? Ketarkansan, hayotimga kelding nega, Mag'rur tutgan tik boshimni egding nega? Kuldimikan, armonlarim kuldimikan, Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan? ♪ Muhabbatdan sochilardi zar uchqunlar, Yo'llarimni yoritarding qaro tunlar. Senga cho'llar kerakmidi, issiq qumlar, Mening bog'im senga kamlik qildimikan? Ketganingda yurak biram o'rtandi-ya, Bu jumboqni vaqtga soldim yechar deya. O'ylamasdim bir kun mendan kechar deya, Xayollarim xotirjamlik qildimikan? Kuldimikan, armonlarim kuldimikan, Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan? ♪ Ayriliqqa jiddiyroq bir sabab bormi? Firoq bizning ayriliqqa shunchalar zormi? Fig'onlarim zor yig'latur mungli torni, Armon bizga yo hakamlik qildimikan? Olis yo'llar, olis yo'llar, olis makon, Izlaringni sog'indim yor-qadrdon. Yarim ko'nglim unutmaydi, bil hech qachon, Sen eslamay, xotirang pand berdimikan? Kuldimikan, armonlarim kuldimikan, Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan?